Bugun havo harorati anchagina o‘zgaradi — «O‘zgidromet»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter