Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun besh viloyat hududida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin

Bugun besh viloyat hududida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring