Bugun ba’zi joylarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 12-17° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-14° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter