Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

9-mayda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga janubdan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda kuchayish 23-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-26° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bщlishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring