Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ba’zi hududlarda kuchli shamol va kuchli yomg‘ir kuzatiladi

Bugun ba’zi hududlarda kuchli shamol va kuchli yomg‘ir kuzatiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda 12-14° iliqgacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring