Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Stokgolm konvensiyasi» ratifikatsiya qilindi. Bu qanday imkoniyatlarni havola etadi?

«Stokgolm konvensiyasi» ratifikatsiya qilindi. Bu qanday imkoniyatlarni havola etadi?

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Prezident adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqida»gi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi, bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan OAV xodimlari uchun brifing tashkil etildi.

Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Qayd etildiki, keyingi yillarda mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi uchun maqbul sharoitlar yaratish va ekologik muvozanatni saqlashga yo‘naltirilgan bir qator tizimli islohotlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 5-may kuni «Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqida»gi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining qabul qilinishi davlatning kelajak avlod uchun atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, uni borligicha saqlashga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol dalilidir.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Hozirgi kunda 182 mamlakat mazkur konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi. Yetakchi davlatlardan AQSh, Italiya va Isroil konvensiyani imzolagan bo‘lsa-da, ratifikatsiya qilmagan.

Bugungi kunga kelib «Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqida»gi Stokgolm konvensiyasini ro‘yxatini kengaytirishga yo‘naltirilgan 3ta tuzatma kiritilgan. Bu esa nazorat qilinadigan ifloslantiriruvchi moddalarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda har bir tuzatma Konvensiyaning bir qismi sifatida, agarda Konvensiya tomonlarining qo‘shimcha shartlari va bayonotlari yo‘q bo‘lgan taqdirda bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Ushbu Qonun kuchga kirgandan keyingi ikki yil mobaynida turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalarni taqiqlash, cheklash, shuningdek, ekologik havfsiz usulda yo‘q qilish borasida Milliy harakatlar rejasi ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Konvensiyaga qo‘shilish qo‘yidagi imkoniyatlarni yaratadi:

turg‘un organik ifloslantiruvchilar bilan bog‘liq ekologik holatni yaxshilash, aholi, atrof-muhit, o‘simlik va hayvonot uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish;
konvensiya doirasida yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun rivojlanayotgan hamda iqtisodiyoti o‘tish davrida bo‘lgan ko‘mak dorasida turg‘un organik ifloslantiruvchilarni ekologik xavfsiz yo‘q qilish bo‘yicha moliyaviy resurslar va texnologiyalarga ega bo‘lish;
O‘zbekiston Respublikasining Yevropa ittifoqi imtiyozlari Bosh tizimiga qo‘shilishi hisobiga milliy mahsulotlarni eksport qilish geografiyasi va hajmini kengaytirish.

E’tiborlisi shundaki, ushbu konvensiyaga qo‘shilish yurtimiz kimyo sanoati va qishloq ho‘jaligining rivojiga mutloqo salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki uning ta’sir darajasi O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanmaydigan moddalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Tadbirda Milliy harakatlar rejasi ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan bog‘liq savollarga atroflicha javob berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring