Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18—19-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu galgi hashardan nima kutilmoqda?

18—19-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu galgi hashardan nima kutilmoqda?

Foto: «Uza.uz»

2018-yil mart-aprel oylarida mamlakatimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18—19-mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Respublika «Mahalla» jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, hashar kunlari 44 ming gektarga yaqin maydonlarni obodonlashtirish, 27 ming km uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston va 760 dan ziyod ziyoratgohni tartibga keltirish kutilmoqda. Shu bilan birga, 12 millionga yaqin manzarali, 10 milliondan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi, 14 milliondan ortiq gul ko‘chatlarini o‘tqazish rejalashtirilgan.

Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» aksiyasi o‘tkazilib, 20 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilaning 300 ming m2ga yaqin uy-joyi ta’mirlanadi va tartibga keltiriladi. 26 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalar, shundan 1 mingdan ortiq nogiron va yolg‘iz qariyalar, 2 mingdan ziyod urush va mehnat veteranlarining holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Yuqoridagi tadbirlarda 18 million fuqaro, jumladan 10 million yoshlar ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring