Britaniyalik Lord va uning rafiqasi Guli Murodova O‘zbekistonda xayriya fondini ochadi
![Britaniyalik Lord va uning rafiqasi Guli Murodova O‘zbekistonda xayriya fondini ochadi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2024625389.jpg)
Buyuk britaniyalik Lord Muhammad Iltaf Shayx va uning samarqandlik rafiqasi Guli Murodovaning «O‘zbekiston 24» radiokanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervyusida kelajakda yurtimizda bir muhim ezgu ishlarni amalga oshirishini ham ma’lum qilgan.
Ular nogironligi bor shaxslar va boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun O‘zbekistonda xayriya fondi tashkil etish niyatida.
Lord Muhammad Iltaf Shayxning aytishicha, Buyuk britaniyaliklar xayriya fondlariga befarq emas. Joriy yilda ushbu mamlakat aholisi 200 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ni xayriya qilgan.
Shuningdek, vatandoshimiz Guli Murodova O‘zbekistonga katta investitsiya kiritishni ko‘zlaganini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter