Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozorlarda yollanib ishlayotgan ayollar muammolari o‘rganilmoqda

Bozorlarda yollanib ishlayotgan ayollar muammolari o‘rganilmoqda

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida «Bizning jamiyatda har bir ayol davlat himoyasidadir!» shiori ostida anjuman o‘tkazildi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan «Bizning jamiyatda har bir ayol davlat himoyasidadir!» shiori ostida viloyatlardan ish qidirib Toshkent shahriga kelgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida «Qo‘yliq» va «Chorsu» bozorlari atrofidagi norasmiy yollanma ishchilar to‘plangan joylarda bir martalik ish qidirib chiqqan xotin-qizlar o‘rtasida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Anjumanda ta’kidlanishicha, shu kungacha 150 nafar xotin-qizlar bilan muloqotlar uyushtirilgan, ularning yashash joylari bo‘lgan Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan Toshkent shahriga kelishlarining sabablari aniqlanib, Toshkent shahriga ish izlab kelgan xotin-qizlar davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan, xususan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, imtiyozli kreditlar va tomorqa xo‘jaliklaridan maqsadli foydalanish, bandlikni ta’minlash kabi sohalarda belgilangan imtiyozlardan xabardor emasligi ma’lum bo‘lgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda mazkur sohadagi chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish maqsadida, barcha viloyatlardagi norasmiy yollanma ishchilar to‘plangan joylarda ish izlab kelayotgan xotin-qizlar bilan muloqotlar o‘tkazish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli davom ettirish, joylarda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, imtiyozli kreditlar va tomorqa xo‘jaliklaridan maqsadli foydalanish kabi sohalarda belgilangan imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring