Boysunda o‘sadigan o‘simlik Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritildi
O‘zbekiston florasining noyob vakili Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritildi. Buxoro molusellasi o‘simligi dunyo bo‘yicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida o‘sishi aytilmoqda.
Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ish o‘zbekistonlik botanik olimlar tomonidan kamyob turlarni xalqaro qizil ro‘yxatga kiritilishi bo‘yicha dastlabki natija hisoblanadi.
Yarim asr davomida tur populyasiyasi 79 foizga qisqarib ketgan. Bugungi kunda ushbu kamyob turning tabiatdagi umumiy soni 600 ga ham yetmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter