Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim tuman kengashi rahbarligini deputatlarga topshirdi

Hokim tuman kengashi rahbarligini deputatlarga topshirdi

Ilk bor hokim deputatlar kengashi rahbari ularning orasidan saylanadi. 

Bu haqda Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

 «Yana bir yangilikni aytmoqchiman. Bundan buyon kengash rahbari hokim bo‘lmaydi. Tajriba tariqasida Boyovut tumanida mahalliy kengash raisi deputatlar orasida saylanadi.

Bir umrlik orzuyim shu, endi birinchi sektor rahbari sifatida kengash majlisida sektorlar qatorida pastda o‘tirib, neytral hisobot topshiraman, ya’ni o‘zim kengash raisi vazifasini amalga oshirmayman», – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, hokimlarning tuman va viloyat kengashlariga rahbarligi masalasi anchadan buyon jamoatchilik tomonidan muhokama qilib kelinadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring