Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari hibsga olingan

Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari hibsga olingan

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdusalom Yo‘ldoshev 28-may kuni qo‘lga olingan va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan biri orqali Toshkentga keltirilgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda 51 yoshli Abdusalom Yo‘ldoshev Davlat xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida ushlab turilibdi.


Mavzuga doir: «OAV: Botir Parpiyevga aloqador mansabdorlar ishdan olinmoqda»


Joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan A.Yo‘ldoshev aynan qaysi jinoiy ish doirasida qo‘lga olinganiga nashr aniqlik kirita olmagan. Yo‘ldoshev o‘z mehnat faoliyatining turli yillarida Andijon viloyati va Toshkent shahrida davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2012-yilning fevralidan Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.


Mavzuga doir: «Botir Parpiyev: Soliq qo‘mitasi sobiq rahbari Botir Parpiyev yana bir lavozimni tark etdi»


A.Yo‘ldoshev qo‘lga olinganidan bir kun o‘tib, 29-may kuni Parpiyev statsionarga tushib qolgan edi. Shu kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parpiyevning nima uchun ishdan olinganini izohlagan.

Soliqda ham ko‘p o‘yinlar bo‘lgani, rahbariyati qanday ishlar bilan shug‘ullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz. Ana shularning hisobga olib, endi tegishli mas’ul xodimlar har kuni eksport-importdan tashqari, tushum bilan ikki soatdan shug‘ullanmasa, tushumda tartib bo‘lmaydi. Soliqchining saviyasi yo‘q, desak bu ham adolatdan bo‘ladi. Shuning uchun bugun topshiriq berdim, tegishli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boshlash kerak - soliq tizimidagi Akademiyani ham, boshqasini ham. Quyi pog‘onadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korrupsiya bilan bog‘liq, mana shuni hamma bilishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev.

2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan 72 yashar general Botir Parpiyev joriy yilning 11-mayida prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan o‘z vazifasidan bo‘shatilib, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisi etib tayinlangan edi.


Mavzuga doir: Botir Parpiyev: «Men oddiy askarman. Qayerga lozim topishsa, ishlashga tayyorman»


 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring