Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botanika bog‘ida kuz (foto)

Botanika bog‘ida kuz (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent Botanika bog‘ida 4500 dan ziyod daraxtlar, gullar va boshqa o‘simliklar mavjud. Besh qismga bo‘lingan bu bog‘ Markaziy Osiyo florasi, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropa floralarini o‘z ichiga olgan. Qrim, Kavkaz, Uzoq Sharq tabiat mintaqalariga mos o‘simliklarni ushbu bog‘da o‘stirish imkoniyati mavjud.

Bugun Botanika bog‘ida, kuz bo‘lishiga qaramay, ayrim daraxtlar xuddi bahordagidek yam-yashil...

Boqqa tashrif chog‘ida sizni hali hovuzchada ochilib tugaman pushti lotos gullari qarshi oladi. 

Sariq, yashil, qizg‘ish barglar

Bir-biriga o‘xshamaydigan daraxtlar, shakli turfa barglar rangidan ko‘z uzolmaysiz.

Do‘lana, smorodina...

Bir necha turlarini uchratasiz, hatto uzonchoq shaklidagini ham...

Yong‘oq — Pekandan manjuriyagacha

Siz bu bog‘da ta’mini tatib ko‘rmagan yong‘oqlarni uchratishingiz mumkin.

Ko‘l bo‘yida

Bu yerda o‘ziga xos shaklli ekilgan «to‘nkacha»lar sizni hayratlantirishi tabiiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring