Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi boshlangan hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy me’yorlaridan biroz past bo‘lib, 20-25 darajagacha ko‘tariladi.

29-30-sentyabrda butun O‘zbekiston hududi balandlikdagi siklon ta’sirida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.

29-sentyabrda ko‘pchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

30-sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona voydiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

29-30-sentyabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me’yordan 6-8 darajaga pastdir.

1-3-oktyabrda butun mamlakatimiz hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining ta’siri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring