Bosh vazir qabulxonasi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqmoqda
Bugun har ikki suhbatdoshning mavzusi hududlarda Bosh vazir qabulxonasi ochilgani xususida. Davlat xizmatlari markazlari binolarida ish boshlagan qabulxona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida tashkil etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi binosida faoliyatini boshlagan O‘zbekiston RespublikasiBosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish viloyat qabulxonasiga tadbirkorlardan 140 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ayni kunda mazkur farmon mazmun-mohiyati jamoatchilik diqqat e’tiborida. Tadbirkorlarning qabulxonadan keti uzilmayapti.
Navbahorlik fuqaro Baxtiyor Tog‘ayev avval «Abduhakim Olimjon» fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lgan. Joriy yilning 16 aprelida Navbahor tumani hokimining birgina qarori bilan ham fermerligi ham bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish uchun unga ajratilgan 10 gektar yeridan mosuvo bo‘lgan. Baxtiyor Tog‘ayev aytishicha, Navbahor tumani hokimining bunday qaror chiqarishiga tumandagi agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash inspeksiyasi kiritgan protesti sabab bo‘lgan.
Fuqaro Mavjuda Ochilova Navoiy shahridagi hunarmand ayollardan biri. U qo‘l ishida tikilgan ko‘rpa to‘shaklari bilan viloyatda o‘z biznesiga ega bo‘lgan yagona hunarmanddir.Tadbirkorning birdan bir istagi kelajak avlodga momomeros hunarini qoldirish. Ishbilarmon ayol biznes rejasi asosida o‘quv markazi ochish uchun Navoiy shahridan yer joy oldi. Bank kredit mablag‘ini ham ajratdi. Shu kunlarda markazda xotin-qizlar o‘qishga balki, qatnayotgan ham bo‘lardi. Birgina, shahar hokimi qaroridagi chalkashliklar tufayli bank tadbirkorga kredit mablag‘ini berolmasligini bildirgan.
Tashkil etilganiga endigina 13 kun bo‘lgan qabulxonada Mavjuda Ochilova singari tadbirkorlarning 140 nafari oilaviy biznesi, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bulayotgan muammolarining yechimiga umidvor. Ha, shunday. Bugun odamlarning, ayniqsa, tadbirkorlarning mazkur qabulxona faoliyatiga ishonchi katta. O‘z o‘rnida, Yurtboshimiz g‘oyasida ish boshlagan tizim ham farmon mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish uchun targ‘ibot ishlarini boshlab yuborgan. OAV vakillari hamda tadbirkorlar uchun tashkil etilayotgan o‘quvlardan aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadi ko‘zlangan.
Xullas, tadbirkor ishlaydigan zamon keldi. Faqat aniq moliyaviy hisob-kitob, bozorni o‘rganish hamda kuchli istag-u shijaot bo‘lsa bas. Chunki, avvalgiday odamlar biznes qilishdan cho‘chimaydi. Boisi, tadbirkorning kuchli huquqiy himoyasi bor. Mazkur farmon ham xuddi shunday katta kuchga ega bo‘lib, butun bir tizim tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.
Bahodir TOShEV,
DXA Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter