Bosh vazir o‘rinbosari Xalqaro mehnat tashkiloti rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norbayeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevadagi 107-mehnat konferensiyasi ishida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 107-mehnat konferensiyasida o‘zbek delegatsiyasi Bosh direktor Gay Rayder tomonidan kutib olindi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti va O‘zbekistonning o‘zaro xamkorligi to‘g‘risidagi fikr almashildi. G.Rayder Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ayniqsa ijtimoiy-mehnat, aholini ijtimoiy himoyasi sohalaridagi islohotlarni yuqori baholadi. U Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyalarini O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritgan natijalar butun dunyo hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olinganligini ta’kidlab o‘tdi.
G.Rayder islohotlar bilan shaxsan tanishish maqsadida kelasi yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter