Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Halima Xudoyberdiyeva xonadoniga tashrif buyurdi

Bosh vazir Halima Xudoyberdiyeva xonadoniga tashrif buyurdi

Joriy yil 18-avgust kuni O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva vafot etgan edi. Bosh vazir A.Aripov Qurbon hayiti kuni shoiraning xonadonida bo‘lib, oila-a’zolariga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar berdi.

Qur’on tilovat etilib, marhumaning haqiga duo qilindi.

Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida Ummatqul Xudoyberdi o‘g‘li va Shafoat Xonnazar qizi oilasida dunyoga kelgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1992). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). «Saodat» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1972-75), bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir (1982-94), Yoshlar nashriyotida bo‘lim mudiri (1978-82), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (1990-94), «Yozuvchi» nashriyotida yetakchi muharrir (1996-98), «Sanam» jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari (1998-2003), 2004 yildan «XXI asr» gazetasida bo‘lim muharriri bo‘lib ishlagan.

Halima Xudoyberdiyeva o‘zbek she’riyatiga samimiy insoniy tuyg‘u va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o‘zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi.

Halima Xudoyberdiyevaning she’rlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. U Fazu Aliyeva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupov ijodidan tarjimalar qilgan.

Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring