Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror 2018-yilda jami 477 mingdan ziyod murojaat ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi

Bosh prokuror 2018-yilda jami 477 mingdan ziyod murojaat ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi

Foto:«Xalq so‘zi»

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018-yildagi faoliyatiga oid hisobot berdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

- 2018-yilda kelib tushgan jami 477 ming 495 murojaatning 291 ming 413tasi bevosita prokuratura organlarida ko‘rib chiqilib, 270 ming 92 nafar fuqaro qabul qilindi, - dedi Otabek Murodov. - Prokuratura organlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan 100 mingdan ziyod murojaat tushgan bo‘lsa, 98 mingtasi (93 foizi) prokuratura organlarining o‘zida hal etilib, 37,7 foizi qanoatlantirildi, 50,3 foiziga tushuntirish berildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda asosiy e’tibor fuqarolarning buzilgan huquqlarini amalda tiklashga qaratilgan. Bu borada: 11,4 milliard so‘mlik ish haqi, pensiya, aliment va boshqa to‘lovlarni olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Noqonuniy hujjatlarga 1,5 mingga yakin protest keltirildi, qonunbuzishlarni bartaraf etish haqida 539 taqdimnoma kiritilgan. 11,8 milliard so‘mlik zararni undirish haqida sudlarga 960 ariza kiritilgan.

Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida 1,5 mingdan ziyod shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Qo‘pol qonunbuzish holatlari bo‘yicha 261 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuraturaning murojaatlarni telefon orqali qabul qilish Markazi (Call-centre) bilan 56 vazirlik va idoralar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan tizim orqali murojaatlar hal etilishi ustidan elektron nazorat olib borilmoqda.

Markazga tushgan 102 mingga yaqin murojaatdan 18,5 mingga yaqini qanoatlantirildi.

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi konun ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 1 ming 623 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi va 1 ming 230 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Umuman olganda, o‘tgan yilda 106 ming 179 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.

Qo‘pol qonunbuzish holatlari bo‘yicha 1 ming 348 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring