Bosh prokuratura rahbariyati viloyatlarda muammolar yuzasidan qabul o‘tkazdi
Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar o‘tkazmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyatida K.R.ga tegishli MChJning loyiha hujjatlari «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasining elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazish veb-portaliga joylashtirilishi ta’minlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Navoiy viloyatida I.I. rahbarligidagi MChJga bank muassasasi tomonidan sut va sutni qayta ishlovchi uskunalar sotib olishi uchun 1 mlrd. so‘m kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shu kabi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida M.A.ga tegishli MChJga bankdan non mahsulotlarini tayyorlash uskunasini sotib olish uchun 146 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘maklashildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar tahlili hamda prokuratura organlari aralashuvi bilan qisqa muddatda yechimini topayotgan muammolar, bunga mas’ul bo‘lgan mutassaddi korxona, tashkilot va muassasa mansabdor shaxslarining xali-hanuz murojaatlar bilan ishlashda xizmat burchi va vazifalarini lozim darajada bajarmayotganligini ko‘rsatmoqda, deyiladi xabar so‘nggida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter