Bosh prokuratura maxsus telegram-botni ishga tushirdi
Bosh prokuratura tomonidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida «YER NAZORATI» maxsus telegram-bot dasturi ishga tushirildi.
«Ushbu (@YerNazoratBot) telegram-bot orqali fuqarolarimizda o‘z hududidagi yer maydonlaridan foydalanish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishi va boshqa holatlar yuzasidan tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.
O‘z uyi, mahallasiga befarq bo‘lmagan, aziz vatandoshlar, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok eting!
Unutmang, yerning har bir qarichi – Sizu bizning, xalqimizning mulkidir!» — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter