Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i boshqa ishga o‘tdi
2010-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan Gulnoza Rahimova Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi.
2018-yil 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida ushbu qarorga kelindi. Bu haqda avvalroq xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, G.Rahimova Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Ko‘p yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter