Bosh prokuratura «Lor Med servis»da vafot etgan shaxs va boshqa holatlarga aniqlik kiritdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan «Lor Med servis» xususiy klinikasida noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganligi sababli prokuratura xodimi vafot etganligi haqida xabar chiqarilgandi.
«Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov mazkur holatni tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2020-yil 30-iyul kuni S. T. (1991-y.t.) mazkur xususiy klinikada burun deformatsiyasi tashxisi bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti davomida vafot etgan.
Holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhum S. T. haqiqatda prokuraturada ishlagan, biroq 2018-yil noyabrda tizimda bo‘shatilgan.
Shifokor hibsga olinganligi haqidagi ma’lumot ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, dedi H. Shamsutdinov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter