Bosh prokuratura ishga taklif etadi: oylik maoshi 5 million va undan yuqori
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi quyidagi lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni ishga qabul qiladi:
- dasturlovchi;
- ma’lumotlar bazasi administratori;
- korporativ tarmoq administratori;
- texnik hujjatlashtirish bo‘yicha muhandis;
- veb-dizayner;
- axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha nomzodlar uchun
- tanlov e’lon qilinadi.
Nomzodlar uchun umumiy malaka talablari:
— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotga;
— zarur bilim va ish tajribasiga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, dasturchilar quyidagi dasturlash tillari va texnologiyalarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim:
– Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift, PL/SQL, Transact SQL, C++;
– HTML, CSS, JavaScript, Jquery;
– zamonaviy veb freymvorklar (Wicket, Spring va boshqalar);
– ORM (MyBatis, Hibernate va boshqalar);
– WebService, WebSocket, B2B texnologiyalari;
– WinAPI tizimida dastur, veb brauzerlar uchun plaginlar yaratish;
– SDK qurilmalar bilan ishlay olish va tizimga integratsiya qilish;
– Android, iOS, Windows, J2ME qurilmalar uchun dasturlar yaratish.
Administratorlar quyidagi bilim va texnologiyalarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim:
– Lokal tarmoq administratori (OSI modelini to‘liq bilish, barcha turdagi tarmoq qurilmalarida NAT, QoS, VLAN, Routing-switching, STP kabi protokollarni sozlash);
– tizim administratori (Linux OS, Nginx, Apache tomcat kabi yuqori veb serverlarni sozlash).
Taklif etilayotgan lavozimlar bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 5 mln. so‘m va undan ortikni tashkil qiladi.
Boshqarma xodimlariga prokuratura xodimlari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo‘llaniladi.
Tanlovda qatnashish, buning uchun zarur hujjatlar va boshqa talablar haqida Bosh prokuratura Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasidan ma’lumot olish mumkin (tel: 0-371-233-74-57).
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 20.05.2018-yildan 30.05.2018-yilga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, 100047, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 66
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter