Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga topshiriqlar berildi

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga topshiriqlar berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimlari hamda tegishli organlarga qator topshiriqlar berildi.

Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

«Umuman, energiya resurslari ta’minotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo‘lishi lozim.

Energiya ta’minoti «qo‘l boshqaruvi» orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ikki oy muddatda energiya ta’minoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1-martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda «o‘yinga aylanib ketmasligi» kerakligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:

- birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sun’iy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;

- suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring