Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning pullarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda
Avvalroq, xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida jurnalistlar uchun davra suhbati tashkil etildi. Unda Bosh prokuratura va uning hududiy organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan pullarining bir qismini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotganini tasdiqladi.
Organ vakili ayni damda Shveysariya prokuratura organlari bilan muzokara olib borilayotgani va masala hal bo‘lishi bilan bu haqda rasmiy bayonot berilishini ma’lum qildi.
Avvalroq, Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan pullarning 800 million franki qaytarilishi mumkinligi haqda xabar bergan edik.
Kuni kecha esa Gulnora Karimovaning qayerda saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter