Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh muftiy boks va qoidalarsiz janglarni harom deb e’lon qildi

Bosh muftiy boks va qoidalarsiz janglarni harom deb e’lon qildi

Foto: «News.tj»

«Tojikiston bosh muftiysi boks va qoidasiz jang harom, ya’ni islom nuqtai nazaridan taqiqlanganligi haqida ma’lum qildi», — deya xabar qilmoqda Qirg‘izistonning «Kabar» axborot agentligi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikiston ulamolar kengashi boshlig‘i Saidmukarram Abdulqodirzoda Dushanbe shahrida o‘tkazilgan juma namozi vaqtida sportning bu turlari «salomatlikka ziyon yetkazadi» deb aytgan.

«Ayniqsa, boks va qoidalarsiz janglar diniy nuqtai nazardan harom hisoblanadi, nega deganda salomatlikka ziyon yetkazadi, insonni nogiron qilib qo‘yishi mumkin», — degan Abdulqodirzoda.

Muftiy, shuningdek, pul tikiladigan o‘yinlar va janglarning barcha turlari harom hisoblanishini qo‘shimcha qilgan. «Vaqtni aql va jism uchun foydasiz, ya’ni behuda sarflashadi. Bu harom», — deb ta’kidlagan u.

Abdulqodirzodaning fikricha, tojikistonlik yoshlar u «normal» deb baholagan sport turlari bilan shug‘ullanishlari lozim. «Masalan kurash, u insonni ham jisman, ham ma’nan rivojlantiradi», — degan u.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring