«Borsakelmas» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Borsakelmas» davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi (27.09.2022) qarori tasdiqlandi.
Mazkur qaror bilan tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklida Qo‘ng‘irot tumanida umumiy maydoni 280 000 gektar bo‘lgan «Borsakelmas» davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish belgilandi.
Shuningdek, qo‘riqxonaga ajratiladigan yer uchastkalari va qo‘riqlanma zonalarining maydoni, ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, «Borsakelmas» davlat buyurtma qo‘riqxonasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.
Mavzuga oid: «Borsa kelmas», Sariqamish, Sudoche, Qoplonqir... Sarguzashtlarga to‘la to‘rt kun
Buyurtma qo‘riqxonasi faoliyatini moliyalashtirish 2022-yilda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga, 2023-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mablag‘lari, Davlat ekologiya qo‘mitasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat bilan buyurtma qo‘riqxonasi hududida tabiiy majmualar va landshaftlar, shu jumladan, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari muhofazaga olinadigan asosiy ob’yektlar hisoblanishi, buyurtma qo‘riqxonasi qo‘riqlanma zonasidagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qolishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter