Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar hujjatli bo‘ldi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar qonuniylashtirildi

Bolalar hujjatli bo‘ldi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar qonuniylashtirildi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Respublikamizda ikkita umummilliy aksiya o‘tkazilyapti — biri o‘zboshimchalik qurilgan imoratlarga  mulk huquqini e’tirof etish, ikkinchisi qayd etilmagan bolalarni aniqlab, ularga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish.

Ushbu aksiyalar doirasida Ohangaron tumani va Angren shahri aholisiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish qarorlari (96 ta) va tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomalar (82 ta)ni tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Hujjatlarni Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev va hududiy boshqarma boshlig‘i Xayriddin Fayziyev topshirdi.

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lmaslik — har bir fuqaroga berilgan to‘liq haq-huquqlardan foydalana olmaslik demakdir. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari 200 mingga yaqin oilani o‘rganib chiqishdi. Har bir mahallada uyma-uy yurish natijasida bu kabi holatlarning kelib chiqish sabablari  atroflicha o‘rganildi.

2019-yil 1-mayga qadar o‘zboshimchalik qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish aksiyasi  ham davom etmoqda. Bugungi kunda mazkur muammo bo‘ycha Davlat xizmatlari markazlariga 450 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan o‘zingiz murojaat qilishingiz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza topshirishingiz kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun eng yaqin joylashgan Davlat xizmatlari markazi yoki 1148 raqamiga murojaat etishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring