Bodomning ortiqcha vazn yo‘qotishdagi foydasi aniqlandi
Avstraliyalik olimlar bodom vazn yo‘qotishga yordam berishini, metabolik kasalliklarning oldini olishini va yurak holatini yaxshilashini aniqladilar.
Olimlar 25 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 140 dan ortiq kishi ishtirok etgan tajriba o‘tkazdi. Tajriba boshida ularning barchasi ortiqcha vazn va semizlikdan aziyat chekishgan. Kuzatuvlar davomida har bir kishi qo‘shimcha vazndan xalos bo‘lishga qaratilgan maxsus to‘qqiz oylik dasturni o‘tkazdi.
Dasturning birinchi bosqichi past kaloriyali diyetani o‘z ichiga oladi. Tajriba ishtirokchilarining bir qismi bodom, ikkinchisi esa guruch iste’mol qilgan.
Tadqiqot davomida ikkala guruh ishtirokchilari ham o‘rtacha yetti kilogrammni yo‘qotishdi. Biroq, bodomni iste’mol qilganlar boshqalarga qaraganda kardiometabolik salomatlik darajasi yuqori bo‘lgan. Olimlar buni meva tarkibida ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘lar borligi bilan izohladi, deb yozadi Planet Today.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter