Blogerlar o‘rtasida yangi tanlov tashkil etildi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda viloyat «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati «Samarqandning turistik salohiyati blogerlar nigohida» mavzusidagi maqolalar tanlovini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, tanlovga o‘zbek tilida yozilgan blogpostlar qabul kilinadi. Unda O‘zbekistondagi barcha blogerlar ishtirok etishi mumkin.
Blogerlar faqat matn ko‘rinishida blogpost yozishi mumkin. Tanlovga hech qaysi internet saytlarida e’lon qilinmagan, 2019-yilning 20-yanvaridan 20-martigacha chop etiladigan blogpostlargina takdim etilishi lozim. Bitta ishtirokchi tomonidan takdim etiladigan blogpost 3 (uch) tadan kam bo‘lmasligi kerak.
G‘olib blogerlar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yaxshi uchta blogpost uchun LED televizori beriladi.
Tanlov g‘oliblari 2019-yil 20-mart kuni e’lon qilinadi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2019-yil 25-mart kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter