Bloger: Toshkent boylari og‘ir kunlarda aholiga nega ko‘mak ko‘rsatmayapti?!
Jurnalist va bloger Nikita Makarenko anomal sovuq sababli Toshkent aholisi mushkul vaziyatda qolgan bir paytda poytaxt boylari saxovat va himmat ko‘rsatmayotganidan yozg‘irdi.
«Hozircha shahar ahlini mushkulotdan qutqarishga kuch ishlatar tizim vakillari ko‘mak berayotganiga guvoh bo‘lmoqdaman. Holbuki, Toshkentda shahar yerlarini o‘g‘irlash va o‘z giperloyihalarini sovet kommunikatsiya tizimiga ulab olish ortidan cho‘ntak qappaytirgan biznesmenlarning butun boshli guruhi mavjud», – deb yozdi u.
Makarenkoga ko‘ra, tilla aralashtirilgan suv ichgan, «ko‘lankam maydon» qabilida ko‘chalarni yopib, odamlarni majburan ko‘chirgan, madaniy merosni g‘orat etgan, qisqasi, ishning pachavasini chiqargan boylar talaygina.
«Qani ular? Nega yashirinib olishdi? Shahar ahliga yordam qo‘lini cho‘zishmaydimi? Yoki allaqachon turli (xorijiy) aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tishganmi?» – deya savol qo‘yadi rus tilida blog yurituvchi ijodkor.
Avvalroq Nikita Makarenko poytaxt sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bir necha yillik arboblik faoliyatini tanqid qilgan, uni «zamonaviy Toshkentning eng yomon rahbari» deb atagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter