Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birjada shakar narxi keskin pasaydi

Birjada shakar narxi keskin pasaydi

Foto: «Xabar.uz»

10—14 iyunda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 million 554,5 ming so‘mdan 10 million 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1 foizga pasaydi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan barchasi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali «Xorazm shakar» MChJ tomonidan 3 ming tonna va «Angren shakar» MChJ tomonidan 3 ming 4 tonna shakar sotilgan.

Ta’kidlanishicha, shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq monopoliya qo‘mitasi rasmiysi «shakar ajiotaji»ga izoh berib, shakar narxlarining sun’iy oshirish holatlari ham kuzatilayotganini qayd etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring