Birinchi chorakda 8 mingdan ortiq ajralish qayd etildi
2018-yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 52,1 ming nikoh va 8,1 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 6,5 va 1,0 promilleni tashkil etdi.
Tuzilgan nikohlar soni 2017-yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (122,2 %), Farg‘ona (114,9 %), Jizzax (113,3 %), Andijon (112,8 %) viloyatlariga va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (113,5 %) to‘g‘ri kelmoqda. Ajrimlar soni 2017-yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo (125,0 %), Namangan va Qashqadaryo (120,0 %), Andijon (112,5 %) viloyatlariga va Toshkent shahriga (111,1 %) to‘g‘ri kelmoqda. 2017-yilning mos davriga nisbatan kamayishi Navoiy (33,3 %), Xorazm (25,0 %) va Buxoro (20,0 %) viloyatlarida kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter