Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash nizomi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotining miqdori taqdirlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan amalda bo‘lgan BHMdan kelib chiqib hisoblanadi.
«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda har oyda BHM miqdorida ustama haq oladilar.
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash AT «Xalq banki»ning barcha filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter