Bir yil ichida O‘zbekistonda olti mingdan ziyod noqonuniy qurilishlar aniqlandi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov O‘zbekistonda qurilayotgan uylarning sifati va zilzilabardoshligi bo‘yicha jamoatchilikda tug‘ilayotgan savollar yuzasidan javob berdi.
Bugungi kunda Qurilish va kommunal xo‘jaligida nazorat inspeksiyasi tomonidan «Qurilishda davlat nazorati» milliy axborot tizimi yaratilib, to‘liq ishga tushirilgan.
Mazkur tizimga 30 823 ta qurilish ob’yektlari kiritilgan bo‘lib, qurilayotgan ob’yektlarda nazorat ishlari olib borilmoqda.
Biroq shunisi e’tiborliki, inspeksiyaning o‘tgan yili arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha olib borgan tekshiruvlari natijasida 6102 ta noqonuniy qurilishlar aniqlangan.
Qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlardan foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha 16 576 ta murojaatlar kelib tushgan.
Bunda, 11 162 ta ob’yektlarning qurilish ishlari, belgilangan normalarga to‘g‘ri kelmasligi bois qat’iy rad etilgan.
Ob’yektlarning qurilish jarayonida esa 4 xil turdagi nazorat: pudrat tashkilotining ichki nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, buyurtmachi tashkilotining texnik nazorati va Inspeksiyaning davlat nazorati yuritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter