Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qadam qo‘ysang bas, naryog‘i o‘lim... (foto)

Bir qadam qo‘ysang bas, naryog‘i o‘lim... (foto)

Foto: Xabar.uz

26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni hamda «Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi» munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1 tonna 933 kg. 695 gr. giyohvandlik vositalari, shu jumladan, 133 kg. 713,5 gr. geroin, 159 kg. 478 gr. opiy, 1 tn.dan oshiq gashish, 300 kg. 786 gr. marixuana, 79 kg. 842,5 gr. ko‘knori, 247 kg. 150,4 gr. kannabis hamda turli psixotrop va psixofaol moddalar yoqib, yo‘q qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2021 yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 7142 ta jinoyat fosh etilgan.

Ulardan 2165 tasi narkotik moddalarni o‘tkazish, 441 tasi kontrabanda, 1571 tasi giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish, 53 tasi bangixonalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa turdagi narkojinoyatlar 2912 tani tashkil etgan.

Respublikamizga afg‘on narkotiklarini asosan Tojikiston va Qirg‘izistondan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘onistondan Amudaryo orqali Surxondaryo viloyatiga, janubi-sharqdan — Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga hamda shimoli-sharqdan — Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga olib kirish holatlari uchramoqda.

O‘zbekistonda 2021 yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirgani uchun ushlangan shaxslarning 131 tasini chet el fuqarolari tashkil etadi. Ulardan 567,1 kg. giyohvandlik vositalari, 1299 psixotrop tabletkalar va 157 dona psixofaol vositalar musodara qilingan.

Bundan tashqari, 270 psixotrop modda tabletkalar, 71,25 kg. va 15 litr prekursorlar, 260297 dona psixofaol dori vositalari qo‘lga olingan.

DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda 170 ta holatda 199,4 kg. giyohvandlik vositalari va 123 dona psixotrop dori vositalari musodara qilingan.

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq 646 ta holat aniqlangan. Natijada, 531,3 kg. narkotik, 4187 dona psixotrop tabletkalar hamda 71,25 va 15 l prekursorlar, 283643,5 dona psixotrop dori vositalar musodara qilingan.

Sud idoralari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga oid 3677 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan va 4254 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlangan.

Yuqoridagi raqamlar har birimizni hushyor torttirishi kerak. Nafs bandalari oramizda bor ekan, doim ogoh bo‘lishimiz, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmasligimiz lozim. Buyuk shoirimiz Abdulla Oripovning ushbu satrlari bizni doim ogohlikka chorlayotgandek jaranglaveradi:

Bir qadam qo‘ysang bas, naryog‘i o‘lim,
Bir qadam qo‘ysang bas, shaksiz halokat...

Solijon ZOIROV

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring