Berlinda masjid, cherkov, sinagog bir binoda bunyod etiladi
Germaniya poytaxti Berlin shahrida «House of One» («Birlik uyi») deb nomlangan, o‘zida masjid, sinagog va cherkovni birlashtirgan bino quriladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur binoning qurilishi 2019-yilda boshlanadi va ikki yil davom etishi mo‘ljallanmoqda. Ushbu bino Berlinning qoq markazida bunyod etiladi.
Loyihaning asosiy g‘oyasi «turli din vakillari tafakkuri va g‘oyalarini o‘zaro bo‘lishish, almashish» deya izohlangan.
Ushbu qurilishga 43 million yevro ketishi taxmin qilingan, hozir esa 8,6 million yevro to‘plangan. Ammo loyiha asoschilari qurilishning boshlang‘ich xarajati uchun 12 million yevro yetarli bo‘lishini ta’kidlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter