Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bepul mehmonxona. Sayyohlar uchun kichik qamoqxona ochiladi

Bepul mehmonxona. Sayyohlar uchun kichik qamoqxona ochiladi

Foto: «Komsomolskaya Pravda»

Hindiston g‘arbiy qismidagi Goa shtatining vakolatli organlari yanvar oyidan boshlab Mapusa shahridagi eski qamoqxonani ta’mirlaydi va uni viza qoidalarini buzgan xorijiy mamlakat fuqarolarini hibsga olish markaziga aylantiradi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Bunday markaz yaratilishiga sabab ko‘plab xorijliklar dam olish maskanlarida Hindiston vizalaridagi muddatdan tashqari qolib ketishlaridir. Endilikda qonunni buzganlar deportatsiya uchun hujjatlar tayyor bo‘lmagunga qadar markazda ushlab turiladi.

Mazkur markaz ochilishi to‘g‘risidagi xabar butun shtatga tez tarqaldi. Mahalliy aholi esa unga allaqaochon «bepul mehmonxona» deb nom bergan. Ularning fikricha, Goa shtati shunday markazga ancha vaqtdan buyon muhtoj edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring