Benzin, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz narxi o‘zgaradi
2024 yil 1 apreldan boshlab, neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari o‘zgaradi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» xabar berdi.
Qayd etilishicha, neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i:
- AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so‘mdan 340 000 so‘mga (37 000 so‘mga);
- Aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 so‘mdan 271 000 so‘mga (29 000 so‘mga);
- Dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 so‘mdan 326 000 so‘mga (35 000 so‘mga);
- EKO dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 so‘mdan 293 000 so‘mga (31 000 so‘mga) o‘zgaradi.
Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i:
- AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 so‘mdan 633 000 so‘mga (68 000 so‘mga);
- Dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 so‘mdan 578 000 so‘mga (68 000 so‘mga);
- Suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 so‘mdan 904 000 so‘mga (96 500 so‘mga) oshishi belgilangan.
Shu sababli, «O‘zbekneftgaz» AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni birja savdolari orqali sotishdagi boshlang‘ich narxlari 2024 yil 1 apreldan boshlab aksiz solig‘i o‘zgarishi inobatga olingan holda shakllantiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter