Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beldersoy»ni sotib olishga 5 talabgor chiqdi

«Beldersoy»ni sotib olishga 5 talabgor chiqdi

«Beldersoy oromgohi» dam olish maskani va «Beldersoy» sport bazasi (kanat yo‘li)ning ommaviy savdo jarayonining birinchi bosqichida 5 nafar talabgorlar tomonidan takliflar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, mazkur takliflar Davlat tender komissiyasi a’zolari va talabgorlarning bevosita hamda videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirokida ochilgan.

Talabgorlardan kelib tushgan barcha takliflar ommaviy savdo talablariga muvofiq o‘rganib chiqilib, malakalangan.

Ishchi organ hisoboti asosida Davlat tender komissiyasi ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar ro‘yxatini tasdiqladi. Shuningdek, savdo jarayonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan hamda keyingi bosqichiga o‘tgan talabgorlarning har biriga Ishchi organ tomonidan rasmiy xabarnomalar yuborildi.

Savdo jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlardan 2021 yil 13 oktyabr soat 15 00ga qadar (Toshkent vaqti bilan) tijorat takliflari, ya’ni sotib olish narxi, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring