Behzod Yusupov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi

Yusupov Bexzodjon Farxodovich Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U shu vaqtga qadar Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Qarshi tumanining avvalgi hokimi Maqsuda Mustafayeva o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter