Bayram kunlari elektr uzilmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda — vazirlik
Energetika vazirligida tizimda faoliyat yuritayotgan barcha korxonalar rahbarlari ishtirokida bayram kunlari iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Yangi yil bayrami kunlari iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha har bir korxonalarga zarur chora-tadbirlar belgilab berildi va unga asosan quyidagi ishlar amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.
Birinchi navbatda, neft-gaz va ko‘mirni qazib chiqarish, elektr energiyasi hamda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha korxonalarda maxsus shtablar tashkil etildi.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalar va markazlar barqaror ishlashini ta’minlash uchun kuniga o‘rtacha 47-48 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Shuningdek, stansiyalar uchun 70 ming tonna mazut va 230 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratildi.
Hududlardagi barcha ko‘mir omborlariga ko‘mir mahsulotini uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Bayram kunlari iste’molchilarga kuniga o‘rtacha 155 mln kub metr tabiiy gaz, 2 ming tonna suyultirilgan gaz, 5000 tonna avtobenzin, 5000 tonna ko‘mir hamda 235 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Ta’kidlash kerakki, bayram kunlari, jumladan, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki ta’lim muassasalari va bir qator ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtadi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha ob’yektlariga yo‘naltiriladi.
Agar, tarmoqlarda nosozlik holatlari yuzaga keladigan bo‘lsa, hududlar bo‘ylab elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu kun ishlaydigan 1200 dan ortiq maxsuss brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, ular muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter