Bayram kunlari elektr uzilishi bo‘lmaydi — Energetika vazirligi

Qurbon hayiti bayramini yuqori darajada o‘tkazish maqsadida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rildi.
Xususan, bayram kunlari:
- elektr stansiyalar, neft va gaz ob’yektlarining shtat rejimida ishlashi ta’minlanadi;
- elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
- iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida tunu-kun ishlaydigan 244 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
- yurtimizdagi 2 000ga yaqin jome’ masjidlarining energiya resurslari ta’minoti holati nazoratga olindi;
Bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylardagi elektr va gaz ta’minoti nazoratga olindi.
Avvalroq, «Toshshahartransxizmat» AJ avtobuslar harakati bo‘yicha ma’lumot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter