«Bayram kunlari chiroq o‘chmaydi» — Energetika vazirligi
Yurtimizda Ramazon hayiti bayrami hamda Xotira va qadrlash kunlarini yuqori darajada o‘tkazish maqsadida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rildi, deyiladi vazirlik xabarida.
Xususan, bayram kunlari:
- Elektr stansiyalar, neft va gaz ob’yektlarining shtat rejimida ishlashi ta’minlanadi;
- Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tunu-kun ishlaydigan 504 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
- Iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida tunu-kun ishlaydigan 244 ta avariyaga qarshi brigadalar tashkil etildi;
- Yurtimizdagi 2 000dan ortiq jome’ masjidlarining energiya rusurslari ta’minoti holati nazoratga olindi;
- Bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylardagi elektr tarmoqlari nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga asoslangan holda, Prezidentning tegishli qarori e’lon qilindi. 3 va 4 may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter