Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank xursand. Qarzdor-chi?

Bank xursand. Qarzdor-chi?

Foto:«Izbirkom.org.ua»

Sud qarori xo‘jako‘rsinga yoki ko‘rgazma uchun chiqarilmaydi: u ijro etilishi shart. Majburiy ijro byurosi xodimlarini birov yomon ko‘rsin-ko‘rmasin, ularning ishi shu. Ijro hujjatlarini oxirigacha yetkazishi kerak. Byuro nomidagi «majburiy» so‘zi dalolat qilib turibdi-ku?! Sud tomonidan zimmaga yuklatilgan majburiyatni ixtiyoriy ado qilsang qil, yo‘qsa, baribir majbur bo‘lasan!

Shu deng Toshkentdagi «Medikot» korxonasi AT «ALOQABANK» amaliyot boshqarmasidan kredit olgandi, biroq qaytarishda muammo tug‘ildi. Bank qarab o‘tirarmidi? Shartta sudga murojaat qildi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi chiqargan sud hujjatiga ko‘ra «Medikot»dan «ALOQABANK» foydasiga jami 3.995.512.908 so‘m undiriladigan bo‘ldi.

Ushbu ijro ishi MIBning Yashnobod tumani bo‘limiga kelib tushgach, belgilangan tartibga ko‘ra, qarzdorga muddat berildi: ixtiyoriy qoplaysizmi yoki...

Qarzdor imkoniyatdan foydalanmadi. Shundan so‘ng MIB xodimlari yeng shimarib ishga tushdilar. Natijada ijro hujjati oxirigacha ado etildi.

Bundan, turgan gapki, bank xursand.

Qarzdor-chi? Bilmadik, bilmadik...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring