Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boshqa ishga o‘tdi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boshqa ishga o‘tdi

Foto: «Uz24.uz»

Toshkentda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda kengashning Rayosat a’zolari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kengashlari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov so‘zga chiqqan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi lavozimida ishlab kelgan Bahodir Yusupov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan kengash raisi vazifasini bajaruvchi etib avval O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Aktam Hayitov saylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring