Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ballondagi suyultirilgan gazni tarozida o‘lchab olishga haqlisiz

Ballondagi suyultirilgan gazni tarozida o‘lchab olishga haqlisiz

Foto: «Xabar.uz»

Iste’molchi  suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilishda uning og‘irligini o‘lchab berilishini talab qilishga haqli, deb xabar bermoqda Iste’molchilar huquqlarni himoya qilish Agentligi rasmiy kanali.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgust «Aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi» 646-son qarorida xuddi shu haqda ma’lumot olishingiz mumkin.

Ya’ni qarorning 11-bob, 63-moddasida gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransport vositalarida nazorat tarozisi bo‘lishini ta’minlashga majburdir, deb belgilab qo‘yilgan. Demak, har bir iste’molchi ballonda tarqatilayotgan suyultirilgan gaz og‘irligining me’yorda ekanligini bilishga haqli.

«Hududgazta’minot» AJ xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha barcha hududlardagi  aholi  iste’molchilariga  847 ta maxsus avtotransport vositalarida suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi  646-sonli qarorida maishiy gaz ballonlarini elektron tarozida o‘lchab, iste’molchilarga yetkazilishi belgilangan bo‘lib, barcha yuk avtomashinalari elektron nazorat tarozilari bilan ta’minlangan.

Jamiyatda faoliyat olib boruvchi haydovchi va chilangarlar orasida gaz ballonlarini o‘lchamasdan iste’molchilarga tarqatish holatlari uchrasa, «Hududgazta’minot» AJ Call-markazdagidagi 11-04 qisqa raqamiga telefon qilib shikoyat va takliflar qoldirish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring