«Bahordagi voqea»: Markaziy bank o‘g‘irlangan pullar masalasiga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida, xususan Telegram kanallarda xakerlar O‘zbekiston banklariga hujum qilishgani va HUMO kartalardan yirik miqdorda pul o‘g‘irlaganligi haqida xabarlar berilgandi.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xati sifatida tarqalayotgan mazkur axborot aslida shu kunlarda xakerlik hujumi oqibatida serverlar buzib kirilgani, buning natijasida firibgarlar ilovalardan birida ro‘yxatdan o‘tgan kartalarga hech qanday muammosiz kirish imkoniga ega bo‘lgani haqidagi yolg‘on xabarlarga aloqasi yo‘q.
«Ushbu 31-oktyabr sanasi bilan keltirilgan xat aslida boshqa bank faoliyati bilan bog‘liq shu yilning bahor oylaridagi voqelikka tegishli bo‘lib, mazkur holat yuzasidan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tergov va sud jarayonlari yakuniga yetmoqda.
Hurmatli yurtdoshlarimizni turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan feyk xabarlarga ishonmasdan rasmiy axborot manbalari xabarlaridan foydalanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi MB ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter