Ayrim pensionerlarning oylik pensiya miqdori oshiriladi
«Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonga muvofiq, 2021-yil 1-apreldan:
«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining:
- rahbar va shifokorlar oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga;
- o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshi 2 barobarga;
- boshqa barcha xodimlar oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
- Agentlik markaziy apparati xodimlarining oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
- «Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida zamonaviy fizioterapiya bo‘limi tashkil etiladi.
Shuningdek, 2021–2024-yillarda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarida ishlovchi ijtimoiy xodimlarning oliy ma’lumot olishi uchun respublika OTMlarida maqsadli kvotalar ajratiladi.
2021-yil may oyidan «Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har yili bir marta sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirish tashkil etiladi.
2021-yil 1-apreldan «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida 1 nafardan kutubxonachi shtat birligi joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter