Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim o‘qituvchilarga ustamalar to‘lash tartibi tasdiqlandi

Ayrim o‘qituvchilarga ustamalar to‘lash tartibi tasdiqlandi

Illyustrativ foto

1-martdan dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar to‘lanish tartibi tasdiqlandi.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi va pedagoglarni jalb etish to‘g‘risida Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i imzolandi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 11 yanvar kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga ko‘ra, 2021 yilning 1 martidan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinishi belgilangan.

Bunda:

  • bir ma’muriy birlik (viloyat) doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boshqa ma’muriy birlik (viloyat)dan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.

Shunga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar  ro‘yxati tasdiqlandi. Vazirlik tomonidan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablari bo‘sh ish o‘rinlariga (vakant dars soatlari bo‘yicha) boshqa hududlardan o‘qituvchilarni ishga qabul qilish sxemasi ishlab chiqildi. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ish.uzedu.uz cayti orqali tanishish mumkin.

Shuni alohida qayd etish lozimki, umumta’lim maktablarda o‘qituvchilarni ishga olish tartibi  soddalashirilib, shu vaqtga qadar o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha buyurokratik tartiblar bekor qilindi hamda ishga qabul qilish maktab rahbarining vakolatiga o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablariga boshqa hududlardan ishga qabul qilish uchun bo‘sh ish o‘rinlariga ikki va undan ortiq nomzodlar talabgor sifatida hujjat topshirgan hollarda maktablardagi tanlov komissiyasi tomonidan saralab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar to‘lanish tartibi joriy o‘quv yilida amal qiladi. Joylarda o‘qituvchi-pedagoglar va jamoatchilikning takliflarini inobatga olgan holda yangi o‘quv yilidan jarayon takomillashtirib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring